Huquqiy
Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 30.10.2026
1. Qaysi ma'lumotlarni yig'amiz
Ism, email, telefon (ixtiyoriy), profil rasmi (ixtiyoriy), Telegram yoki Google orqali kirganda ularning bergan ism va email'i, kurslardagi progress, test natijalari, XP va sertifikatlar, aloqa formasidagi xabarlar.
2. Nima uchun ishlatamiz
Akkauntingizni yuritish, darslarga kirishni boshqarish, natijalaringizni ko'rsatish, sertifikat berish, parolni tiklash va siz bilan bog'lanish uchun. Ma'lumotlaringizni uchinchi tomonga sotmaymiz.
3. Google orqali kirish
Google orqali kirganda faqat ismingiz, email manzilingiz va Google akkaunt identifikatoringizni olamiz. Bu ma'lumotlar faqat tizimga kirish va akkaunt ochish uchun ishlatiladi. Google akkauntingizdagi boshqa ma'lumotlarga (pochta, fayllar, kontaktlar) kirmaymiz.
4. Cookie'lar
Faqat zarur cookie'lar ishlatiladi: kirish sessiyasi, xavfsizlik (CSRF) va tema (dark/light) tanlovi. Reklama yoki kuzatuv cookie'lari yo'q.
5. Saqlash va o'chirish
Ma'lumotlaringiz akkauntingiz faol bo'lgan davrda saqlanadi. Akkauntni va ma'lumotlarni o'chirishni so'rash uchun biz bilan bog'laning.
6. Aloqa
Savollar uchun Aloqa sahifasi orqali yozing.